'
Научный журнал «Вестник науки»

Режим работы с 09:00 по 23:00

zhurnal@vestnik-nauki.com

Информационное письмо

  1. Главная
  2. Архив
  3. Вестник науки №5 (26) том 2
  4. Научная статья № 1

Просмотры  86 просмотров

Davlatova H.D.

  


TA’LIM VA TARBIYA BERISHDA INNOVATSION YONDASHUV *

  


Аннотация:
in this paper a research ta’lim va tarbiya berishda innovatsion yondashuv   

Ключевые слова:
education, study, school   


“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo’lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir”[1] degan edilar birinchi prezidentimiz I.A.Karimov. Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim-o’quvchilarning nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarkib toptirish jarayoni. “Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot-yohalokat, yo saoda-yo falokat masalasidir”. Ko’plab mamlakatlar ta’lim tizimida haxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, yurtimizda shaxsning shakllanishida ta’lim va tarbiya jarayoni uzviylikda olib borilishi ta’kidlanadi. Ta’lim va tarbiya berishda nazariya va amaliyotni birga olib borish kerak. Bunda innovatsion ta’lim metodlaridan unumli foydalanish kerak. O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorliginibelgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi Bunday meyorlarga yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tarjibalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik meyori sifatida o’zida taklif qilinadigan yanginni, yangilik darajasini mohiyatini aks ettiradi. Mamlakatimizda ilmiy va innovatsionfaoliyatni rivojlantirish uchun avvalo yosh, iqtidorli kadrlar zarur.Shuni nazarda tutgan holda, biz sizlarning boy bilim va tajribangizga tayanamiz. Shu maqsadda sizlarni, ilmiy yo’nalishlaringizdan kelib chiqib, respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus ta’limi muassasalariga hamda ishlab chiqarish korxonalariga, vazirlik va idoralarga, yirik banklarga biriktirishni lozim topdik”[2] O’zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev. Hozirgi davrda yurtimizda innovatsion ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda Milliy g’oyani yanada rivojlantirishga ehtiyoj katta. Rivojlangan texnologiya zamonida yoshlarimiz ongiga Milliy g’oyamizni innovatsion yo’nalish bilan singdirish lozim. Bunda albatta bu fanni amaliy va nazariy jihatdan innovatsion va texnologig takomillashtirish zarur. 2018-yil 17-iyul kuni O’zbekiston Prezidenti huzurida ta’lim tizimi rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo’lgan, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o’rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi. Milliy g‘oya millatning milliy negizlariga tayanib rivojlanib, shakllanib boradi va shu bilan birga insoniyat erishgan ilg‘or g‘oyalarga tayanadi va ularning ta’siri asosida boyib boradi. Shuning uchun ham milliy g‘oya o'zida umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etadi. Butun dunyoda globallashuv jarayoni bo’layotgan davrda ta’lim-tarbiyaga ehtiyoj ortib boradi. Bunda Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani ham o’z o’rniga ko’ra vatan uchun har tomonlama yetuk salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalashda muhimdir. Tarixdan ma’lumki, o’zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish maqsadida urush qurollari uzluksiz takomillashtirib borilgan. Bundan maqsad bosib olinmoqchi bo’lgan davlat hokimiyati va boyliklarini qo’lga olish bo’lgan. Bugungi kunda esa o’zga davlat hokimiyati va boyliklarini qo’lga olish uchun ularning aholisini qirib tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart emas.Chunki tajovuzkor g’oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt etilgan xalq shusiz ham yov qo’liga taslim bo’ladi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning o’zaro kurashi aniq ko’zga tashlanmoqda, buning birinchisi xalqlarni taraqqiyot sari yetaklayotgan ilg’or mafkura, ikkinchisi esa ularning yo’lida g’ov bo’lishga urinayotgan zararli va buzg’unchi mafkuralardir. Erkin va farovon hayot asoslarini yaratib, yanada olg’a intilayotgan ilg’or mamlakatlar o’z mafkuralarini umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillar negizida rivojlantirmoqda. Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo’naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog’liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa davlat dasturlarining hayotga tadbiq etilishi natijasida maskur soha tubdan isloh qilinadi, zamonaviy uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi yaratiladi” deb aytgandilar yurtboshimiz. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasi davlat dasturi bizga bosh manbaa bo’ladi. Milliy g’oyani yanada rivojlantirishda yurtboshimiz alohida e’tibor qaratayotgan bir davrda biz ham o’z yo’nalishimizdan kelib chiqib, daxldorlikni xis etgan holda o’zimizning hissamizni qo’shishimiz kerak. Jannatmakon diyorimiz O’zbekiston dunyoga buyuk allomalarni yetishtirib bergan. Bizning tomirimizda Al-Farg’oniy, At-Termiziy, Motrudiy, Al-Buxoriy, Al-Farobiy,Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlar qoni bor. Biz buyuklar avlodi sifatida ularga munosib bo’lamiz!

  


Полная версия статьи PDF

Номер журнала Вестник науки №5 (26) том 2

  


Ссылка для цитирования:

Davlatova H.D. TA’LIM VA TARBIYA BERISHDA INNOVATSION YONDASHUV // Вестник науки №5 (26) том 2. С. 6 - 8. 2020 г. ISSN 2712-8849 // Электронный ресурс: https://www.вестник-науки.рф/article/3046 (дата обращения: 28.03.2024 г.)


Альтернативная ссылка латинскими символами: vestnik-nauki.com/article/3046



Нашли грубую ошибку (плагиат, фальсифицированные данные или иные нарушения научно-издательской этики) ?
- напишите письмо в редакцию журнала: zhurnal@vestnik-nauki.com


Вестник науки СМИ ЭЛ № ФС 77 - 84401 © 2020.    16+




* В выпусках журнала могут упоминаться организации (Meta, Facebook, Instagram) в отношении которых судом принято вступившее в законную силу решение о ликвидации или запрете деятельности по основаниям, предусмотренным Федеральным законом от 25 июля 2002 года № 114-ФЗ 'О противодействии экстремистской деятельности' (далее - Федеральный закон 'О противодействии экстремистской деятельности'), или об организации, включенной в опубликованный единый федеральный список организаций, в том числе иностранных и международных организаций, признанных в соответствии с законодательством Российской Федерации террористическими, без указания на то, что соответствующее общественное объединение или иная организация ликвидированы или их деятельность запрещена.